Fargʼona davlat universiteti Sirtqi taʼlim boʼlimida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus doirasida samarali loyihalar davom etmoqda.
Xususan, kecha talaba-yoshlarning yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Besh tashabbus - besh imkoniyat” mavzusidagi madaniy dastur namoyish etildi.
Boʼlimning musiqa talimi yonalishi 1-bosqich talabalari tomonidan tashkil etilgan tadbirda dekan o’rinbosarlari, professor-o’qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Iqtidorli talabalarning koʼrgazmali, badiiy-kompozitsion chiqishlarida tadbir mohiyati aks etdi.