Bugungi kunda Fargʼona davlat universiteti ilmiy salohiyatini yuksaltirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilib, bu boradagi saʼy-harakatlar munosib samara bermoqda, universitet yosh olimlarining safi kundan-kunga kengayib borayotgani buning dalilidir.
Kuni kecha Chirchiq davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01 raqamli Ilmiy kengashda Farg'ona davlat universiteti pedagogika kafedrasi o'qituvchisi Djalolov Baxromjan Begmurzayevich “Bo'lajak o'qituvchilarning innovatsion kompetentligini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish" mavzusidagi 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi ixtisosligidan pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Huddi shuningdek, Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli Ilmiy kengashda Farg'ona davlat universiteti tayanch doktoranti Qodirov Xasanboy Oribjonovich ham “Oliy ta'lim muassasasi talabalarida liderlik sifatlarini rivojlantirish" mavzusidagi 13.00.01 - Pedagigka nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi ixtisosligidan pedagogika fanlari bo'yicha falasafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilishga erishdi.
Universitetimiz olimlarining ilmiy faoliyatiga yanada yuksak zafarlar tilaymiz!