Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Мaktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti: “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi - tarix oynasi.

16:21, 25.12.2021      

Farg’ona davlat universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti tyutorlari N. Boyyigitova, Sh. Mirzamatova boshchiligida fakultet talabalari bilan universitet tuzilmasidagiQatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyiga sayohat olib borildi.

Talabalar tashrifmobaynida el-yurtimiz ozodligi va erkinligi , xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusi, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilish yo’lida qurbon bo’lgan ota-bobolarimiz, ma’rifatparvar vatandoshlarimizlar haqidagi tarixiy haqiqatlarni bilib oldilar. Ularning qalbi va ongida o’tganlar xotirasiga hurmat va ehtirom uyg’ondi.

Ayniqsa, sho’ro davrida yurt tinchligi, milliy yuksalish yo’lida jonbozlik ko’rsatgan yurtdoshlarimiz taqdiri haqidagi tarixiy ma’lumotlar talabalar qiziqishi va e’tiborini tortdi.