Fargʼona davlat universiteti Tabiiy fanlar fakuleti tyutorlari va bir guruh talabalar Farg‘ona shahar “Iftixor” MFY joylashgan, 2000-yilda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida sodir boʼlgan jangda Vatanimiz himoyasi yoʼlida qurbon boʼlgan yurt oʼgʼloni -Dilshod Asanovning xonadoniga tashrif buyurishdi.
El yodida mard va qahramon oʼgʼlon sifatida muxrlanib qolgan Dilshod Аsanovning yaqinlari talabalarga ibratli voqealarni so‘zlab berdilar. Yoshlar qalbiga vatanparvarlik tuyg‘ularini singdirish, kelajakka ishonch ruhini shakllantirish maqsadida Dilshod Asanovning jangdagi matonati, jasurligi hikoya qilib berildi. Gazeta, jurnal va rasmli albomlar orqali qahramon haqida qimmatli maʼlumotlar oʼrganildi.
Yoshlar vatanparvar yigitning jasurligi, yurt himoyasi yoʼlida jonfido boʼlish shay boʼlganligi, qatʼiyatidan ibrat oldilar. Mard oʼgʼlon xonadoniga tashrif uning oila aʼzolariga qalbiga faxr bagʼishlash bilan birga, yosh avlod qalbida yuksak vatanparvarlik hissini uygʼotdi.