Fargʼona davlat universiteti Taʼlimning kredit-modul tizimini boshqarish sektori tomonidan universitetning Magistratura boʼlimi va Jismoniy madaniyat fakulteti bilan hamkorlikda seminar-trening oʼtkazildi.
Magistrantlar va talabalar ishtirokidagi seminarda Taʼlimning kredit-modul tizimini boshqarish sektori bosh mutaxassisi S.Muxamadaliyev bugungi kunda oliy taʼlim muassasasida joriy etilgan yangi tizim, uning maqsad-mohiyati, oʼziga xos jihatlari, afzalliklari haqida maxsus tadqimot ishi orqali maʼlumot berdi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti kafedrasi mudiri X. Haydaraliyev talabalar kredit-modul tizimini samarali qabul qilganligi, bu orqali barcha fakultetlarda yoshlarning bilim olish va ilmiy salohiyatini oʼstirishga individul xohish oʼsganini taʼkidlab oʼtdi.
Seminar davomida ishtirokchilar oʼzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar olishdi.