Fargʼona davlat universiteti Аxborot-resurs markazida Taʼlimning kredit-modul tizimini boshqarish sektori va Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan 2022 yil 5 yanvardan boshlab fakultetlar kesimida tasdiqlangan reja asosida seminar-treninglar olib borilmoqda.
Universitet professor-oʼqituvchilari uchun kredit-modul tizimi hamda taʼlim jarayonini boshqarish elektron tizimi (HEMIS)da ishlash boʼyicha oʼtkazilayotgan seminar-trening qishki taʼtil davrida professor-oʼqituvchilarning boʼsh vaqtlarini samarali tashkil etish, qolaversa, ularning yangi oʼquv tizimlari boʼyicha yetarli bilimga ega boʼlishlariga qaratildi.
Seminar-treningda professor-oʼqituvchilarning kredit-modul hamda HEMIS elektron tizimida ishlash boʼyicha bilim va koʼnikmalari aniqlandi, oʼzaro fikr almashilib, kerakli tavsiyalar berildi.