Hurmatli talaba va magistrantlar, doktorant hamda yosh olimlar!
Farg‘ona davlat universiteti ma’muriyati Sizlarni 2022-yilning 20-yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan “Ilm-zakovatimiz – senga, ona-Vatan!” mavzusidagi online ilmiy-amaliy anjumanga taklif qiladi.
ANJUMAN SHO‘BALARI:
Anjuman tili: o‘zbek (lotin alifbosida), rus va ingliz tillari.
Anjuman tezislariga qo‘yiladigan talablar:
Material Microsoft Word (97-2003) matn redaktori *.doc formatida (14 shrift, Times New Roman), A4 o‘lchovdagi qog‘ozning barcha tomonlaridan 25 mm dan qoldirililib rasmiylashtiriladi.
Birinchi qator o‘ng tomonida sho‘ba nomi, ikkinchi qatorda muallif (F.I.SH. va o‘qish yoki ish joyi va lavozimi), keyingi qatordan BOSH HARFLAR bilan tezis nomi, undan so‘nggi qatordan 1 interval tashlab maqolaning asosiy matni beriladi. Foydalanilgan adabiyotlar faqat havola (сноска) ko‘rinishida bo‘lishi lozim.
Materiallar bepul qabul qilinadi va anjuman materiallari to‘plam holida elektron shaklda tayyorlanib, mualliflarga tarqatiladi. Eng yaxshi tezislar tanlab olinadi va ularning mualliflari rag‘batlantiriladi.
Anjuman uchun materiallar tahrir qilingan holda, 2 bet hajmda (1 intervalda), elektron shaklda 2022-yil 15-yanvargacha Farg‘ona davlat universiteti Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limida qabul qilinadi.
Aloqa uchun telefon raqami: +998-99-007-95-08; +998-97-371-91-01
E-mail: murodhon2002@mail.ru; Telegram: @Humoyunnshoh, @respect710
Tashkiliy qo‘mita manzili: Farg‘ona davlat universiteti Murrabiylar ko‘chasi 19-uy.
Tahrirdan o‘tmagan, anjuman talabiga mos kelmagan, ko‘rsatilgan muddatdan keyin taqdim etilgan maqolalar to‘plamga kiritilmaydi.
Tashkiliy qo‘mita