Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Koreya davlatining “Posco international” korxonasi - universitetning navbatdagi xalqaro hamkori

11:45, 12.01.2022      

Bugun Farg'ona davlat universitetiga Koreya davlatining Posco international korxonasi yetakchi vakili Chang Jung Bo tashrif buyurdi.

Universitet rektori B. Shermuhammadov xalqaro mehmonni bugungi tashrif bilan qutladi va samimiy muloqot olib bordi. Mazkur uchrashuv Koreya Respublikasining yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan yuqori darajadagi hamkorlik sari qo'yilgan muhim qadam sifatida baholandi.

Universitet rektori nufuzli korxona vakili bilan malakali kadrlarni yetkazib berish, shuningdek, o’zaro hamkorlikda ishlab chiqarish tarmoqlari faoliyatini yo’lga qo’yish borasida fikr almashdi.

Suhbat davomida “Posco international” universitet talabalari uchun maxsus grant loyihasini ishlab chiqqani, o’zaro aloqalar kelgusida munosib samara berishi ta’kidlandi.

Milliy qadriyatlarimizga ko'ra, xalqaro mehmonga esdalik sovg’alari topshirildi. Tashrif yakunida janob Chang Jung Bo universitet tuzilmasidagi "Qatag'on qurbonlari xotirasi" memorial muzeyi faoliyati bilan tanishdi.