Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Matematika-informatika fakulteti: “Eng faol kitobxon talaba” tanlovi o’tkazildi

13:35, 12.01.2022      

Kecha Farg‘ona davlat universiteti Matematika-informatika fakulteti tashabbusi bilan ko‘plab talabalarning qiziqishi va iqtidorlarini inobatga olgan holda yoshlar maʼnaviy-maʼrifiy salohiyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida fakultetning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy https://t.me/mat_inf2021 sahifasi orqali “Eng faol kitobxon talaba” onlayn tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov Matematika-informatika, Fizika-texnika, Sanʼatshunoslik, Maktabgacha va boshlang‘ich taʼlim, Pedagogika va psixologiya fakulteti talabalari o‘rtasida qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Matematika-informatika fakulteti 4-bosqich talabasi Rayimov Ro‘zimatjon - birinchi, Sanʼatshunoslik fakulteti 2-bosqich talabasi Ikromova Farangiz - ikkinchi, Pedagogika va psixologiya fakulteti 3-bosqich talabasi Fayozov Doniyorbek - uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.