Farg’ona davlat universitetida belgilangan reja asosida kredit-modul tizimi hamda ta’lim jarayonini boshqarish elektron tizimi - HEMIS bo'yicha seminar-treninglar davom etmoqda.
Bu gal mazkur seminar-trening universitet kafedra mudirlari ishtirokida tashkil etildi.
Ushbu tizimlar bo‘yicha kafedra mudirlarining bilim va ko‘nikmalari boyitildi. Yangi va zamonaviy o’quv tizimlarining maqsad-mohiyati bo’yicha to’la ma’lumotlar berildi. Ular bu borada kafedra a’zolariga tushuntirish va targ’ibot ishlarini olib borishadi.
Seminar-trening darslari mavzulari, mashg'ulotlarni yuqori darajada olib borilishi va boshqa tashkiliy jarayonlarga o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor R.Shukurov boshchilik qilmoqda.