O‘zbekiston Respublikasi Prеzidentining 2021 yil 22 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, Farg’ona davlat universiteti Harbiy ta’lim fakulteti tashabbusi bilan harbiy sport musobaqalari tashkil etildi.
Universitet kasaba uyushma qo'mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan musobaqa Harbiy ta’lim, Chet tillari va Fizika-texnika fakultetlari professor-o‘qituvchilari o’rtasida TIR (pnevmatik miltiqdan o‘q otish), DK-440 foto-o‘q otish trenajerida 1-o‘q otish, AK-74 avtomat qurolini sochish va yig‘ish, PM-9 mm. pistolet qurolini sochish va yig‘ish, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish mashqlari, shuningdek, shaxmat, shashka, stol tennis, turnikka tortinish, 100 va 1000 metrga yugurish, armrestling sport turlari bo’yicha o’tkazildi.
Musobaqalar qizg’in va ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi, barcha jamoalar g’olblik uchun murosasiz bahs olib borishdi.
Sport musobaqalari sovrindorlari ertaga -14 yanvar -Vatan himoyachilari kunida tantanali taqdirlanadilar.