Prezidentimizning 2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Farg‘ona davlat universiteti Matematika-informatika fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda ishchi xodimlari o‘rtasida sportning shaxmat, shashka, mini futbol va stol tennis turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.
An’anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan musobaqada professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlar bilan bir qatorda fakultet tyutorlari ham ishtirok etishdi.
Do‘stona ruhda o‘tgan musobaqaning ochilish marosimida matematika-informatika fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N.To‘xtasinova so’zga chiqib, bunday musobaqalarning tashkil etilishi inson salomatligiga ijobiy taʼsir etishi va o’zaro do’stlik va birdamlik hissini mustahkamlashini ta’kidladi.
Qiziqarli tortishuvlar va bahslardan so’ng g’oliblar aniqlandi va diplom, esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.