Bugun Fargʼona davlat universitetiga Odessa milliy oziq-ovqat texnologiyalari akademiyasi vakillari - iqtisodiyot fanlari doktori, professor, innovatsion oziq-ovqat texnologiyalari va mehmonxona restorani biznesi fakulьteti dekani Tkach Viktoriya, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Kamushkov Аleksandrlar tashrif buyurdi.
Maʼlumki, Odessa milliy oziq-ovqat texnologiyalar akademiyasi va Fargʼona davlat universiteti oʼrtasida 2021 yilning 7 dekabr kuni Аnglashuv Memorandumi imzolangan.
Xalqaro mehmonlar universitet Tabiiy fanlar va Iqtisodiyot fakulьtetlari dekanlari, kafedra mudirlari, professor-oʼqituvchilari va doktorantlar bilan uchrashib, taʼlim va ilm-fan yoʼnalishida muloqot olib bordilar.
Uchrashuv davomida „Mehmonxona boshqaruvi“, „Turizm“ yoʼnalishlarida qoʼshma magistratura va doktorantura dasturlarini ochish taklifi berildi. Berilgan takliflar atroflicha oʼrganib chiqilib, hamkorlikda yangi dasturlar ishlab chiqishga kelishib olindi.