Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Мatematika-informatika fakulteti: “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni”

17:03, 13.01.2022      

Bugun Farg‘ona davlat universiteti Matematika-informatika fakulteti talabalari o’rtasida 14 yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” shiori ostidagi onlayn videoroliklar tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Onlayn tanlovda faol talabalar tomonidan mardlik, jasurlik va vatanparvarlikni madh etuvchi videoroliklari bilan qatnashdilar. Tanlovga taqdim etilgan videoroliklar hakamlar hayʼati tomonidan tahlil qilinib, munosib baholandi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra 19.08 guruh talabalari birinchi, 19.04 guruh talabalari ikkinchi, 19.120 guruh talabalari uchinchi o‘rinni egallashdi. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar universitet bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.