Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Harbiy taʼlim fakulteti: GʼOLIBLАR TАNTАNАLI TАQDIRLАNDI

16:54, 14.01.2022      

Fargʼona davlat universitetida Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 30 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bagʼishlab universitet ofitser va professor-oʼqituvchilari oʼrtasida oʼndan ortiq sport turlari boʼyicha oʼtkazilgan harbiy sport musobaqalari koʼtarinki ruhda oʼtkazildi.

Universitet Kasaba uyushmasi qoʼmitasi bilan hamkorlikda Harbiy taʼlim, Chet tillari va Fizika-texnika fakultetlari oʼrtasida oʼtkazilgan musobaqalarning gʼolib va sovrindorlari nomi eʼlon qilindi.

Gʼoliblar va faollarni taqdirlash marosimi Harbiy taʼlim fakultetining tantanalar foyesida oʼtkazildi.

Marosimni universitet o’quv ishlari bo’yicha prorektori R. Shukurov ochib, barchani qutlugʼ sana bilan tabrikladi.

Shundan so’ng sport musobaqasi gʼoliblariga diplom va esdalik sovgʼalari topshirildi. Harbiy taʼlim fakulteti tomonidan tayyorlangan jangovar mashqlar namoyishi ishtirokchilarning olqishiga erishdi.