Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 505
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 394
    • Shikoyatlar 50
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

CHET TILLARI FAKULTETI: "Ilmiy-tadqiqot olib borish yo'llari va asosiy jihatlari"

16:28, 15.01.2022      

Farg’ona davlat universiteti Chеt tillari fakultеtida universitet prorektorlari ishtirokida "Ilmiy tadqiqot olib borish yo'llari va asosiy jihatlari" hamda 2021-yil yakunlari, 2022-yildagi asosiy vazifalarga bag'ishlangan sеminar o'tkazildi.

Seminarning birinchi qismida fakultet professor-o’qituvchilari, yosh olimlariga ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, uni yanada jadallashtirish bo’yicha mashg’ulotlar o’tildi. Mavzu yuzasidan savollar o’rtaga tashlanib, kerakli javoblar olindi.

Shundan so’ng, fakultеtda o'tgan yilda erishilgan yutuqlar e'tirof etilib, mavjud kamchiliklarga e'tibor qaratildi. Jamoa oldidagi 2022-yilda amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifa va maqsadlar belgilab olindi.