Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Harbiy taʼlim fakulteti ofitser-oʼqituvchilari Buxoro davlat universitetida boʼlishdi

17:31, 17.01.2022      

Fargʼona davlat universiteti Harbiy taʼlim fakulteti ofitser-oʼqituvchilari Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurishdi. Respublikada 3 tani tashkil etadigan Harbiy taʼlim fakultetlaridan biri aynan Buxoro davlat universitetida faoliyat olib boradi.

Fakultet boshligʼi, polkovnik I. Saidov boshchiligida ofitser-oʼqituvchilar ishtirokida bir qator ilmiy va amaliy tadbirlar o‘tkazildi.

Dastlab FarDU ofitserlari BuxDu Harbiy taʼlim fakulteti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Аmaliy muloqotlar davomida talim va ilmiy sohalarda o‘zaro hamkorlik shakllari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Har ikki universitet ofitser-oʼqituvchilari ishtirokida «Kim yurtiga sodiq bo‘lsa mendirman o‘sha» mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminar fakultetlar tadqiqotchilarining salohiyatini mustahkamlash, ta’lim sohasida bilim, innovatsiya va tajriba almashish, universitet ta’lim va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik o‘rnatishga qaratilgani bilan ahamiyatli boʼldi.

Tadbir ishtirokchilari ilmiy salohiyat va o‘zaro fakultetlar reytingni oshirish, ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlik loyihalari va dasturlarda faol qatnashishga bo‘yicha kelishuvga erishdilar.