Аyni vaqtida Fargʼona davlat universitetining barcha fakultetlarida turli onlayn tanlovlar eʼlon qilinib, talaba-yoshlarning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning iqtidorini ragʼbatlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, universitetning Tarix fakultetida "Islohotlar targ'ibotchisi" mavzusida “Eng yaxshi ijtimoiy sahifa muallifi” va "Eng faol kitobxon talaba” onlayn tanlovlari oʼtkazilmoqda.
“Eng yaxshi ijtimoiy sahifa muallifi” onlayn tanlovida ishtirok etish istagida boʼlgan talabalar oʼzlari yuritadigan ijtimoiy sahifa haqida taqdimot tayyorlab, fakultet dekanatiga taqdim etishlari kerak.
"Eng faol kitobxon talaba" onlayn tanlovida esa talabalar oʼzlari sevib mutolaa qilgan kitoblarining mazmuni-mohiyati, tarbiyaviy ahamiyati haqida Zoom platformasi orqali taqdimot qiladilar.
Har ikki tanlov natijalari joriy yilning 20-yanvarida eʼlon qilinadi. Gʼolib va faol talabalarga fakultet tomonidan diplom va esdalik sovgʼalari topshiriladi.