Oʼzining ilmiy rivojlanish yoʼliga ega boʼlgan, yuksak salohiyatli kadrlarga ega boʼlgan Fargʼona davlat universiteti Filologiya fakultetida yana quvonchli xabar.
OAKning 2021-yil 30-dekabrdagi yig'ilish qaroriga binoan, Filologiya fakulteti tilshunoslik kafedrasi dotsenti Roziqova Gulbahor Zaylobiddinovna, rus filologiyasi kafedrasi dotsenti Muhiddinov Anvar Gafurovich, o'zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Abdupattoyev Muhammadtoxir Tojimamatovich, adabiyotshunoslik kafedrasi dotsenti Yo'lchiyev Qahhor Vahobovichlarning fllologiya fanlari doktori ilmiy darajalari tasdiqlandi.
Bu orqali Fargʼona filologiya maktabi fan doktorlari safi yana 4 taga koʼpaydi.