Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Harbiy taʼlim fakulteti: Ofitser-oʼqituvchilar kredit-modul va HEMIS tizimlari bo’yicha oʼqitildi

10:48, 20.01.2022      

Fargʼona davlat universitetining barcha fakultet va boʼlimlarida yangi zamonaviy oʼquv tizimlari -Kredit-modul va HEMIS boʼyicha seminar-trening oʼtkazilmoqda. Belgilangan reja asosida tashkil etilayotgan seminarlarda professor-oʼqituvchilar mazkur tizimlar haqida batafsil maʼlumotga ega boʼlishmoqda.

Аna shunday seminarlardan biri universitetning Harbiy taʼlim fakultetida tashkil etilib, unda polkovnik I. Saidov boshchiligidagi barcha ofitser-oʼqituvchilar ishtirok etishdi va kredit-modul va HEMISning mazmun-mohiyati, oliy taʼlim tizimi rivojidagi ahamiyati, bunda professor-oʼqituvchi va talabalar oldidagi vazifalar tushuntirildi.

Ofitserlar seminar davomida oʼzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar olishdi.