Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETI: "Yoshlar bilan ishlashning yangi tizimi"

18:50, 22.01.2022      

Universitetda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va natijadorlikka erishish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar-treningda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas'ul rahbarlar, bo‘lim boshliqlari, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari hamda tyuterlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-sonli qarori mazmun-mohiyati va unda belgilangan vazifalar muhokama etildi.

“Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida universitetga biriktirilgan mahallalarda 2021-yilda erishilgan tajribadan kelib chiqib, 2022-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.