Ma’lumki, ayni kunlarda universitetda HEMIS axborot tizimini o'rganish bo'yicha seminar-treninglar o’tkazib kelinmoqda.
Ushbu o’quvlar doirasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 25-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni har bir talaba bilan olib borishga doir choralar to‘g‘risida”gi 539-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosi hamda talabalarning yashash manzillari bo'yicha ma'lumotlarni umumlashtirish, ularning turmush sharoiti va sog'lig'idan xabar olishni oliy ta'lim jarayonlarini boshqarish (HEMIS) axborot tizimi orqali amalga oshirish mexanizmini o'rganish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.
Aytish kerakki, HEMIS axborot tizimi oliy taʼlim muassasalarining asosiy faoliyatlarini avtomatlashtirish hisobiga maʼmuriy xodimlar, professor-oʻqituvchilar va talabalarga elektron taʼlim xizmatlarini taqdim etadi. Axborot tizimi oliy taʼlim muassasalari bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrtasida axborot koʻprigi vazifasini oʻtaydi hamda oliy taʼlim muassasalaridan olinadigan turli xil maʼlumotlar sonini keskin kamaytirish, ularning qogʻoz shaklidan voz kechish va boshqaruv tizimini raqamlashtirishga xizmat qiladi.