Karantin davrida talabalar bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar sifati va samaradorligini oshirish masalasiga filologiya fakultetida alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu maqsadda barcha guruhlarda onlayn tanlovlar, suhbatlar va muloqotlar tashkil etilmoqda. Rus tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 21.83-guruh bilan o‘tkazilgan onlayn muloqotda O‘zbekiston Rsepublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobi o‘rganildi.
Muloqot davomida asarning mazmun-mohiyati haqida atroflicha fikr yuritilib, Yangi O‘zbekiston tushunchasi haqidagi talabalarning mulohazalari tinglandi. Talabalar yoshlarga yaratilayotgan sharoitlarni unumli foydalanish, O‘zbekiston kelajagi uchun yetuk inson bo‘lib voyaga yetish zarurligi haqida fikrlar bildirildi.
Talabalarning mazkur asar bo‘yicha viktorina o‘tkazish bo‘yicha takliflari ma’qullanib, kelgusi haftada mazkur bellashuv onlayn o‘tkazilishi belgilandi.