Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI:Mahalla va universitet hamkorligi

11:07, 27.01.2022      

Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning Mahallada yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisidagi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Fargʼona davlat universiteti mahallalar bilan hamkorlik faoliyatini yanada kuchaytirmoqda.

Xususan, universitetning San’atshunoslik fakulteti tyutorlari o’zlariga biriktirilgan Farg‘ona shahridagi M.Ulug‘bek MFY ga bordilar. Uchrashuv davomida ushbu mahalla raisi M.I.Miryusupov, hotin-qizlar, ijtimoiy-iqtisodiy masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari D.Tursunovalar bilan birgalikda mahallada olib borilayotgan 5 tashabbus doirasidagi ishlar, yoshlar masalalari, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” da ro‘yhatda turuvchi fuqarolarga berilgan imtiyozlar hususida muloqot olib borildi.

Shuningdek, mahalla hududida ijarada yashovchi talaba-yoshlarning odob-ahloqi, yashash sharoitini muntazam ravishda o’rganib borishga o’zaro kelishib olindi.