Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Pedagogika-psixologiya fakulteti: “Xotin – qizlar faoliyati”

16:38, 27.01.2022      

Inson tabiatan hamisha mehrga moyil bo’ladi. Ayniqsa, bu masalada ayollar, xotin-qizlar alohida ahamiyatga ega. Shu bois, Fargʻona davlat universiteti Pedagogika-psixologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari, xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi hamda tyutorlardan iborat jamoa tomonidan xotin-qizlar masalalari borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Хususan, Kengash a’zolari talaba-qizlar orasida imkoniyati cheklanganlar hamda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari boʻlgan oilalarning yashash manzillariga bordilar. Honadon aʼzolari holidan xabar olishib, ularga sovgaʼlar ulashdilar.

Ta’til davrida talaba-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlari, bilimlarini boyitishlari uchun ularga badiiy hamda psixologik kitoblar topshirildi.

Bundan mamnun bo’lgan honadon keksalari yurt tinchligi, obodligi, mehr – oqibat abadiy boʼlisini tilab, duoga qoʼl ochdilar.