Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Farg'ona davlat universitetining Xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahat Kengashi : “Ayolni eʼzozlash, ayolga ehtirom – oliyjanob qadriyat”

16:40, 27.01.2022      

Davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning oʼrni va mavqeyini yanada mustahkamlash – islohotlarimizning eng ustuvor yoʼnalishlaridan biridir.

Yangi O'zbekiston sharoitida xotin-qizlarning ta'lim sohasi va ilm-fandagi o'rnini kengaytirish, davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning o'rni va mavqeyini yanada mustahkamlash borasida Farg'ona davlat universitetida talay ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, universitetning xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashi tomonidan fakultetlarning xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchilari uchun seminar tashkillandi.

Unda ta'lim muassasalaridagi xotin-qizlar o'rtasida ijtimoiy-ma'naviy muhitni yaxshilash, ayollarga nisbatan zo'ravonlikning oldini olish tizimini yanada kuchaytirish kabi masalalar kun tartibida bo’ldi.

Seminar davomida kengash aʼzolari tomonidan talaba - qizlar oʼrtasida qilinishi zarur boʼlgan ishlar kelishib olindi.