Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

TABIIY FANLAR FAKULTETI: "Mahalla bilan hamkorlik"

16:41, 27.01.2022      

Hayotning mohiyati uning yashash uchun kurashdan iboratligidadir. Biz yashayotgan zamonda kurashlarning eng katta janggohi – yoshlar qalbidir.

Darhaqiqat, hozirgi zamon yoshlari qalbiga quloq solish, ularni turli mafkuraviy illatlar qurshoviga tushib qolishini oldini olish maqsadida Fargʼona davlat universiteti Tabiiy fanlar fakultetining xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi va tyutorlari tomonidan shahardagi “Guliston” mahalla fuqarolar yig’inida muloqot olib borildi.

Muloqot davomida mazkur mahalla mas'ullari belgilangan nizom asosida ayni kunlarda "Temir daftar", "Ayollar daftari"iga xatlov jarayoni davom etayotganligi va har bir fuqaroning yashash manzili e'tibordan chetda emasligini bildirdilar.

Shu jumladan, yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar va mahalla ko’magida ish boshlagan yosh tadbirkorlar faoliyati, mahalla hududida ijarada yashovchi talaba-yoshlarni nazoratga olish kabi masalalarda suhbat o’tkazildi.

Shuningdek, yoshlarni boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish maqsadida tashkil etilgan mahalla kutubxonasi bilan tanishdilar.