Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

IJTIMOIY-IQTISODIY FAKULTET DEKANI MASLAXATCHISI XABAR QILADI: “Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarga yaratilayotgan sharoitlar”

11:38, 28.01.2022      

imoiy iqtisodiy fakultetining talaba-qizlari ishtirokida “Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarga yaratilayotgan sharoitlar” mavzusida ZOOM platformasi orqali davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbati Farg‘ona davlat universitetining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat Kengashi a’zolari, Yoshlar bilan ishlash manaviyat va marifat bo‘limi mas’ullari, shuningdek, kafedra mudirlari, olima ayollar ishtirokida olib borildi.

Suhbat davomida mamlakatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotida xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalarni o’zlashtirishini ta’minlash hamda bandligiga ko‘maklashish, tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash masalalari o’rtaga tashlandi.

Ayniqsa, joylarda «Ayollar daftari»ni shakllantirish, daftarga kiritilgan talaba-qizlar muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini tizimli o‘rganish, tahlil qilish va hal etish borasidagi ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlarni har tomonlama ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish, ularga davlat tomonidan manzilli tarzda ko‘maklashish borasida olib borilgan ishlar bilan tanishildi.

Talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga karakli javoblar oldilar.