TROLL.UZ telegramm kanalida tarqatilgan xabar yuzasidan
MUNOSABAT
2022-yilning 28-yanvar kuni TROLL.UZ telegramm kanaliga “Farg‘ona davlat universiteti testi” deb ko‘rsatilgan surat joylashtirilgan va tarqatilgan.
Ushbu rasmdagi mantiqsiz savol hamda uning mazmunsiz javoblari - Farg‘ona davlat universiteti nufuzini to‘kish, oliy ta’lim muassasasida ishlovchi professor-o‘qituvchilarning ishchanlik obro‘siga putur yetkazish, oliygoh jamoasini obro‘sizlantirish maqsadida tarqatilgan va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan yolg‘on ma’lumotdir.
Hozirgi kunda Farg‘ona davlat universiteti HEMIS elektron tizimida faoliyat olib bormoqda. Ushbu dasturda bunday test topshirig‘i mavjud emasligini ma’lum qilamiz.
Farg‘ona davlat universiteti matbuot xizmati