Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

IJTIMOIY-IQTISODIY FAKULTETI: “Universitet xotin-qizlar Kengashi va mahalla hamkorligi”

10:57, 31.01.2022      

Fargʼona davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetining xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi va tyutorlaridan iborat jamoa Farg’ona shahridagi “Mirzo Ulug’bek” mahalla fuqarolar yig’inida boʼldilar.

Mahalla raisi M.Miryusupov, xotin-qizlar boʼyicha rais o`rinbosari D.Tursunova va yoshlar bilan ishlari boʼyicha rais o`rinbosari Sh.Madaminovlar bilan muloqot olib borib, “Ayollar daftari” va “Temir daftar” bo’yicha fuqarolarni xatlovdan oʼtkazish yuzasidan qilingan ishlarni o’rgandilar. Fuqarolar bilan manzilli ishlash, mutasaddi tashkilotlar, shuningdek, sektorlar tomonidan xotin-qizlar muammolarini oʼz vaqtida bartaraf etish masalalari boʼyicha suhbat oʼtkazdilar.

Suhbat davomida “Temir daftar” va “Yoshlar daftari”da ro`yxatda turadigan, mazkur mahalla fuqarosi, fakultetning 2-kurs “Buxgalteriya hisobi va audit” yoʼnalishi, 20.150-guruh talabasi Gaipova Elina Murodovnaning oilasiga koʼrsatilayotgan moddiy yordam va yaratilgan sharoitlar bilan tanishib chiqdilar.

Shundan soʼng, ular Gaipova Elina Murodovnaning honadonida boʼlib, uning ota-onasi bilan suhbatlashdilar. Bunda Prezidentimiz tomonidan xotin-qizlarga alohida eʼtibor berilayotgani, xususan, talabalar oʼrtasida yordamga muhtoj oilalar farzandlariga moddiy yordam tariqasida kontrakt toʼlovlari toʼlab berilayotgani, oʼqishni tamomlagandan soʼng ish oʼrinlari bilan taʼminlanishlari kabi imkoniyatlar toʼgʼrisida tushuntirdilar.

Jumladan, ushbu oʼquv yili uchun Gaipova Elina tomonidan toʼlanishi zarur boʼlgan kontrakt toʼlovi oliy taʼlim muassasasi tomonidan to’liq toʼlab berilganligi haqida aytib o`tdilar.

Talabaning ota-onasi ushbu e’tibor va ga’mxo’rlik, imkoniyat va imtiyozlar uchun oʼz minnatdorchiliklarini bildirdilar.