Fargʼona davlat universitetida oʼtkazilgan 6-sonli Kengash yigʼilishida muhokama qilingan masalalar va qoʼyilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Harbiy ta’lim fakulteti tomonidan yig’ilish oʼtkazildi.
Yig’ilishda so’z olgan fakultet rahbariyati tomonidan “Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat dasturi mohiyati, islohotlarning tub mazmunida jamoaning har bir a’zosi, har bir talabaning manfaatlari mujassam ekanligi, mazkur islohotlar targ‘iboti va Davlat dasturi ijrosi borasida ziyoliylar qatlami mas’uliyati yuqoriligi ta’kidlandi.
Ilmiy ishlarni rivojlantirish, HEMIS dasturi orqali talabalar va professor-oʼqituvchilar oʼrtasida masofaviy taʼlim sifatini oshirish va koʼzlangan maqsadga erish kabi muhim vazifalar yig‘ilish kun tartibidagi masalalardan biri boʼldi.
Har bir talabaning oʼquv rejada belgilangan darslarni toʼliq oʼzlashtitishlari zarurligi, ular masofaviy darslardagi ishtirokini muntazam nazoratga olish kabi muhim vazifalarbelgilandi.