Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

TARIX FAKULTETIDA ONLINE ZAKOVAT!

15:10, 31.01.2022      

“Zakovat” o’yinlari barchamizni, hususan yoshlarni bilimlar jangiga chorlaydi. Bilimdonlar oʼrtasida tengsiz raqobatni shakllantiradi. Yoshlarning bilimga boʼlgan ishtiyoqini oshirib, ilm izlashga daʼvat etadi. Oʼz bilimlari bilan birlashgan jamoalar odatda “Zakovat” intellektual o‘yinida bellashadilar.

Shu jumladan, Fargʼona davlat universiteti talabalarining ham ushbu bellashuvlarga qiziqishlari baland. Kuni kecha universitetning Tarix fakulteti talaba-qizlari o‘rtasida onlayn tarzda Zakovat intellektual o‘yini o'tkazildi. Ushbu o'ziga xos turnirda “Mo’jiza”, “To’maris qizlari”, “Tarixchi qizlar”, “Turon”, “Intellekt”, “O’zbegim qizlari”, “Yangi O’zbekiston qizlari”, “Historian girls” jamoalari ishtirok etdilar. Berilgan savollarga talabalar mantiqiy, ijodiy yondoshib, tezkorlik bilan javob izladilar. Oʼyin qizgʼin kechdi va munozaralarga boy o’tdi.

Ushbu intellektual oʼyin orqali talabalar oʼz bilim va tafakkurlarini yana bir bor sinovdan oʼtkazdilar.