Jamiyatga naf keltiradigan yosh iste’dodlar bizning qoʼllab-quvvatlashlarimiz orqali rivojlanib boradi. Fargʼona davlat universitetida yoshlar oʼrtasida olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar maqsadi ham shunga qartilgan.
Jumladan, Pedagogika-psixologiya fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi tomonidan talaba-qizlar ishtirokida "Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish davlat siyosatining muhim yoʻnalishi sifatida" mavzusida ZOOM platformasi orqali onlayn muloqot tashkil etildi.
Suhbat davomida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, ular oʻrtasida jinoyatchilikni oldini olish, xotin-qizlarni himoya qilish, ularga nisbatan tazyiq va zoʻravonliklarni oldini olish hamda unga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
Muloqotda talaba-qizlarni qiziqtirgan savollariga speakerlar tomonidan kerakli javoblar berildi.