Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 445
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FILOLOGIYA FAKULTETIDAN XUSHXABAR!

16:39, 01.02.2022      

Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga berilayotgan alohida eʼtibor oʼz samarasini bermoqda.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2021-yil 9-noyabrdagi 470-sonli buyrug'i ijrosini taʼminlash maqsadida, "Yil talabasi" rеspublika ko'rik-tanlovi o'tkazildi. Tanlovda 158 ta OTMning 9802 nafar talabalari qatnashdilar.

FarDUning filologiya fakultеti o'zbеk tili yo'nalishi talabasi Mahmudova Zulayho ishtirok etdi. Tanlov yakuniga koʼra talabamiz final bosqichda qatnashib, faxrli 4-o'rinni egalladi.

Iqtidorli talabamiz Vazirlikning faxriy yorlig'i hamda 2200000 so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Yoshlarimizning oʼzlariga berilgan bu kabi imkoniyatlardan oqilona foydalanib, qoʼlga kiritgan yutuqlari barchamizni quvontirmoqda. Zulayhoni ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz!