Jamiyatda ayollarning oʼrni alohida ahamiyatga ega. Ularning ham jismonan, ham maʼnan sogʼlom boʼlishlari sogʼlom kelajakni barpo etishga hizmat qiladi. Bu borada yurtimizda ayollar masalalari boʼyicha keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoda. Ayollar oʼrtasida turli sport klublarini tashkil etilishi va turli sport musobaqalarini oʼtkazilashi ularni sportga boʼlgan eʼtiborini kuchaytirmoqda.
Jumladan, Fargʼona davlat universitetining Tarix fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi tashabbusi bilan professor-o'qituvchi va ishchi-xodimlar o'rtasida "Biz-sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz" shiori ostida sport kuni o'tkazildi.
Ayollardan tashkil topgan jamoalar oʼrtasida sportning volleybol musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada fakultetda faoliyat olib borayotgan barcha ayollar ishtirok etdilar.