Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼlimi: “Bir ziyoli -bir mahallaga maʼnaviy homiy” loyihasi

19:01, 01.02.2022      

Fargʼona davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼlimi tomonidan Oltiariq tumanidagi barcha mahallalarda kutubxonalar va barcha ziyo maskanlari faoliyati boʼyicha oʼrganish ishlari olib borildi.

Oʼrganishlar davomida mahallalarda “Bir ziyoli - bir mahallaga maʼnaviy homiy” loyihasi asosida ish olib borayotgan Oliy taʼlim muassasasi vakillari mavjud kutubxonalar va kitob doʼkonlarining sharoiti bilan tanishdilar. Shuningdek, kitobxonlar uchun tashkillangan oʼquv zallari va unda yaratilgan qulayliklarga alohida eʼtibor qaratdilar.

Hususan, kutubxonalardagi badiiy, ilmiy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi kitoblarning soni va sifatini bilan qiziqdilar va kutobxonalarning qanday kitoblarga ehtiyojlari mavjudligi haqida taklif va muammolari tinglandi.