Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

TARIX FAKULTETI: "Falsafa" kafedrasida muhim yig'ilish o'tkazildi!

10:32, 02.02.2022      

Bugun jamiyatimizda ijtimoiy tarmoqlar, mobil ilovalar va raqamli texnologiyalar insoniyat hayotiga shu qadar singib ketyaptiki, endi jamiyatni ularsiz tasavvur etib boʼlmaydi.

Bu borada Fargʼona davlat universitetining Tarix fakultetida ham sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.

Hususan, fakultetning "Falsafa" kafedrasida dolzarb masalalarga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi. Unda talabalarni onlayn tartibdagi dars mashg'ulotlariga to'liq jalb qilish, HEMIS axborot tizimi orqali professor-oʻqituvchilar va talabalarga elektron taʼlim xizmatlarini taqdim etish, tizimni o'zlashtirishda ularga ko'maklashish, kafedra olimlarining ilmiy tadqiqot ishlarini yanada jadallashtirish kabi masalalar kun tartibida bo'ldi.

Yig'ilish so'ngida HEMIS dasturida samarali faoliyat olib borayotgan va Respublika va xalqaro nashrlarda faol ilmiy chiqishlar qilayotgan professor-o'qituvchilar nomi e'tirof etildi.