Fargʼona davlat universiteti Zootexniya fakultetida joriy yilning 24 -31-yanvar kunlari mazkur fakultetning akademik guruhlari o‘rtasida O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prеzidеnti Islom Karimov tavalludining 84-yilligi munosabati bilan “Qalblarda mangu bir nishon” mavzusida onlayn videoroliklar tanlovi e'lon qilingan edi.
Ushbu tanlov yakunlanib, talabalarning tanlovga taqdim etgan videomateriallari hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholandi. Natijalarga ko'ra,
1⃣ - o'ringa - 21.62 guruh talabasi Javohir Marufjonov;
2⃣ - o'ringa - 20.80 guruh talabasi Madina Mirzaobiddinova;
3⃣ - o'ringa - 20.78-guruh talabasi Maftuna Ahmadjonovalar sazovor bo'ldilar.