“Bir ziyoli–bir mahallaga ma’naviy homiy” loyihasi asosida ish olib borayotgan Maktabgacha va boshlangʼich taʼlim fakultetining yoshlar masalalari va ma'naviy - ma'rifiy ishlar bo'yicha dеkan o'rinbosari M.Soipova hamda tyutorlar jamoasi 48-sonli Sharshara mahallasida boʼldilar. Ular mahallada xotin-qizlar masalalarida amalga oshirilayotgan ishlar xususida suhbat olib bordilar va mahalladagi “SЕBO” tikuvchilik korxonasida bo'ldilar. Korxonada faoliyat olib borayotgan xotin - qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar hamda ular bilan muloqot olib bordilar.
Korxona rahbari bilan boʼlgan suhbatda bu yerda faoliyat olib borayotgan ayollar soni 200 nafar ekani va yaqin kunlarda mahalladagi ishsiz ayollarga yana qoʼshimcha ish oʼrinlari yaratilayotgani ma’lum bo’ldi.