Joriy yilning 23-30-yanvar kunlari universitet talabalari o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prеzidеnti Islom Karimov tavalludining 84-yilligiga bag'ishlangan “Mangu qalblarda boqiy bir nishon” shiori ostida onlayn videoroliklar tanlovi bo'lib o'tdi.
Tanlovga 105 ta video roliklar qabul qilinib, fakultetlarning rasmiy telegram kanallarida namoyish qilib borildi hamda eng ko'p ovoz yig'gan 3 ta ishtirokchi g'olib deb topildi.
Natijalarga ko'ra,
1⃣ - o'rin - Turg'unboyev Biloliddin(1-bosqich magistranti, Matematika-informatika fakulteti)
2⃣ - o'rin - Jiyanboyev Alisher(19.120-guruh, Harbiy ta'lim fakulteti);
3⃣ - o'rin - Xofizov Javohir(19.115-guruh, Harbiy ta'lim) ga nasib etdi.
G'oliblarga diplom va sovg'alar pochta orqali yetkazildi va faol ishtirok etgan 103 nafar talabaga ham sertifikatlar yuborildi.