Sog`lom turmush tarzini to`g`ri tashkil qilishning birinchi bosqichi sportdan boshlanadi.
Farg`ona davlat universiteti San’atshunoslik fakultetida ham shu mavzu asosida sport kuni tashkillandi. Unga fakultetning barcha professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodim va tyutorlari jalb qilindi. Ular o`rtasida jamoalar tarkibi shakllantirildi.
Tashkil etilgan tadbirda mini-futbol bo'yicha sport musobaqasi o`tkazildi.