Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​FARG‘ONA DAVLAT UNIVЕRSITЕTI: “Yoshlar masalasi hamisha dolzarb”

12:45, 04.02.2022      

Bugun universitetning anjumanlar zalida rektor Bahodirjon Shermuhammadov raisligida fakultet dekanlari, bo‘lim rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilish kun tartibida yoshlar mavzusi, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yoshlarni foydali ish bilan bandligi, chet tillarini o‘rganishi, AKT savodxonligi, adabiyot, san’at, madaniyat va sport sohasidagi qiziqishlari, intilishlari, erishayotgan yutuqlari va duch kelayotgan muammolarini o‘rganish kabi masalalar barchaning diqqat markazida bo‘ldi.

Bu borada mahallalardagi yoshlar yetakchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ular tomonidan amalga oshirilayotganishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha Farg‘ona davlat universiteti tomonidan sektorlar kesimida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar ham tahlil etildi.

Yig‘ilish davomida “Bir ziyoli - bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etib kelayotgan, targ‘ibot ishlarini olib borayotgan universitet vakillari uchun yoshlar bilan ishlashning yangicha, samarali usullari ishlab chiqildi.

Shuningdek, yig‘ilishda o‘rtaga tashlangan tavsiyalar va kelgusidagi rejalar muhokama etilar ekan, oliy ta’lim muassasasidagi kafedralar qoshida faoliyat

yuritib kelayotgan ilmiy markazlarga talaba-yoshlarni ko‘proq jalb etish, ularning ilmiy tadqiqot ishlarida ishtirokini ta’minlash va qiziqishlarini oshirish bo‘yicha bildirilgan takliflar qo‘llab-quvvatlandi.