Farg‘ona davlat universiteti Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti dekani Z.Akbarova tomonidan fakultetning bitiruvchi kurs talabalari uchun “Oliy ta'limning maktab ta'limini rivojlantirishdagi roli” mavzusida onlayn muloqot tashkillandi.
Muloqotda muhtaram Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan 2022-2026- yillarda O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasining yo'nalishlari, ta'lim va inson kapitalini rivojlantirish, ta'lim sifatini oshirishda mas'uliyatli bo'lish har birimizning vazifamiz ekanligi haqida suhbat olib borildi.
Suhbat davomida tumanlardagi maktab ta'limidagi muammolarni bartaraf etilishida oliy ta'limning roli qanday bo'lishi yuzasidan takliflar berildi.