O'zbekiston tarixi va Jahon tarixi kafedralarining navbatdagi birlashgan ilmiy seminar yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilish kun tartibidan O'zbekiston tarixi kafedrasi 2-bosqich tayanch doktoranti Xakimova Saidaxon Baxtiyorovnaning "XIX – XX asr boshida O'zbekiston hududida gidrografik tadqiqotlar tarixi" mavzusidagi 07.00.01-O'zbekiston tarixi ixtisosligi bo'yicha tayyorlangan dissertatsiya va avtoreferati muhokamasi o'rin oldi.
Ilmiy seminar qizg'in kechdi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan"XIX – XX asr boshida O'zbekiston hududida gidrografik tadqiqotlar tarixi" mavzusidagi ilmiy ishga ijobiy fikr mulohaza bildirildi. Xakimova Saidaxon Baxtiyorovnaning PhD doktorlik dissertatsiyasi keyingi bosqichga tavsiya qilindi.