Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

IJTIMOIY-IQTISODIY FAKULTET: “Talaba-qizlar oʼrtasida davra suhbati”

11:12, 08.02.2022      

Yosh qizlarning o’zlariga bo’lgan ishonchi ularning rivojlanishi va baxtli hayoti uchun muhimdir. Umuman olganda, ayollarning jamiyatdagi maqomi jamiyatning rivojlanishi bilan chambarchas bog’liq. Qizlarni kuchli ayollar qilib tarbiyalash uchun psixolog, avvalo, ayollarning o’zi yaxshi ijtimoiy o’rnak bo’lishlari muhimdir.

Fargʼona davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti talaba-qizlari oʼrtasida ham aynan shu mavzu yuzasidan onlayn tarzda davra suhbati oʼtkazildi.

Unda qizlar oʼrtasida turli ruhiy tushkunlik, xavotir va boshqa holatlarda, oʼzlarini boshqarishda psixologik strategiyalardan foydalanish samarasi toʼgʼrisida, qizlarning o’ziga ishonadigan va irodali shaxs boʼlib yetishishida ota-onalarning oʼrni alohida ahamiyatga ega ekani haqida gapirildi.

Universitet psixologi F.Abdullaeva hamda fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchi I.Nurmatovalar suhbat jarayonida talaba-qizlarlarni qiziqtirgan savolarga javoblar berib, o`z tavsiyalari va maslahatlarini berdilar.