Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Matematika-informatika fakultеtida navbatdagi Kеngashi yig'ilishi o'tkazildi

11:16, 08.02.2022      

Farg‘ona davlat universiteti Matematika-informatika fakulteti dekani Q.Goziyev tomonidan oʼtkazilgan yig'ilish kun tartibida Yangi O'zbеkistonning 2022-2026-yillarga mo'ljallangan “Taraqqiyot stratеgiyasi” va undagi “Davlat - inson uchun” g'oyasi,2022-yil – “Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining mazmun-mohiyati kabi mavzular asosiy masala sifatida oʼrganildi.

Yig’ilish ishtirokchilari bilan Taraqqiyot strategiyasini 2022-yilgi Davlat dasturi ijrosini hamjihatlikda amalga oshirilishda koʼzda tutilgan ishlar rejalari belgilab olindi.

Kengash yakunida fakultetning boshqa bir qator masalalari ham muhokama qilindi. Unda 4-sonli talabalar turar joyini taʼtildan qaytgan talabalar uchun tayyorligi, xonalarning issiqlik holat hamda mavjud muammolar o’rganildi va dekan o’rinbosarlari va tyutorlarga tegishli topshiriqlar berildi.