Ona zaminimiz oʼzining Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk farzandlari bilan butun dunyoga mashhurdir. Mana besh asrdan oshsada bu ulugʼ zotlarning nomi va adabiy yodgorliklari mangu yashamoqda. Ayni kunlarda esa allomalarning tavallud ayyomlarini nishonlash arafasida turibmiz.
Farg'ona davlat universiteti Pedagogika-psixologiya fakulteti tashabbusi bilan telegram chat orqali So'z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi va shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning 539 yilligiga bag'ishlab, ularni barhayot ijodlarini yodga olib "She'riyat maydoni" nomli onlayn tanlovi oʼtkazildi.
Natijalarga koʻra:
I -o'rin - Abdullayeva Muhayyo (Amaliy psixologiya)
II -o'rin - Jumanazarova Marhabo (Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim
II -o'rin - Sharipova Shukrona (Pedagogika-psixologiya)
III -o'rin - Jo'rayeva Oydinoy (Jahon tillar universiteti)
III - Hamdamov Ozodbek Davlatjon o'g'li
Ushbu talabalar tanlov g’olibi deb topildi.