Oʼzbek xalqining azaliy qadriyatlaridan biriga aylangan ustozni qadrlash tuygʼusi barcha sohada oʼz aksini koʼrsatadi.
Fargʼona davlat universiteti Axborot-resurs markazi hodimlarining faoliyati buning yorqin isbotidir.Axborot-resurs markazida oʼtkazilgan "Ustoz-shogird" an'anasi koʼp yillardan beri amaliy natija berib kelmoqda. Ushbu anʼanani davom ettirib, uzoq yillar ishlagan tajribali xodimlarga yosh muttaxassislarni shogird sifatida biriktirildi.
"Ustoz-shogird" an'anasidan ko'zlangan maqsad, xodimlar orasida tajriba almashish va ish samaradorligini oshirishdan iboratdir.