Fakultetda "Xotin-qizlarning haq-huquqlari qonun himoyasida" mavzusida onlayn muloqot tashkillandi. Unda fakultet xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi M.Umaraliyeva, amaliy ingliz tili kafedrasi mudiri S.Usmonova, Farg'ona shahar IIB Voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo'limi inspektori, tyutorlar va talaba-qizlar ishtirok etdilar.
Unda talaba qizlarni xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risidagi qonun va qarorlar, shuningdek, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida batafsil ma'lumotlar berildi. Talaba-qizlarni qiziqtirgan masalalarda savol-javob o'tkazilib, haq-huquqlaridan habardor qilindi.