Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FIZIKA-TEXNIKA FAKULTETIDA WEBINAR

10:00, 09.02.2022      

Oila bu-muqaddas dargohdir. U hayotning abadiyligini va boʼlgʼusi avlodlar davomiyligini belgilaydi. Farzandlarning kelajakda qanday shaxs boʼlib yetishishlari oiladagi tarbiya oʼchogʼiga bogʼliqdir.

Jamiyatning kichik koʼrinishi hisoblangan bu dargohni sogʼlom fikrli, keng dunyoqarashlarga ega insonlar boshqarsa, ular soyasida ulgʼayayotgan farzandlar ham kelajakda yurti uchun xizmat qiladigan, kelajak rivojiga oʼz xissasini qoʼshadigan oʼgʼil-qizlar boʼlib yetishadilar.

Fargʼona davlat universiteti Fizika-texnika fakultetning xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi tomonidan "Qizlarimizni bo'lg'usi oilaga tayyorlash" mavzusida oʼtkazgan webinarning maqsadi ham shundan iboratdir. Webinarda universitet psixologi va barcha talaba-qizlar ishtirok etishdi. Bundan koʼzlangan asosiy maqsad oilada ayollarning oʼrni va xizmati, farzandlar tarbiyasida oʼrnak boʼla olishi, har bir qiz boʼlajak ona, har bir ayol tarbiyachi-pedagog kabi gʼoyalarni yoshlar ongiga singdirishdir.

Webinarda talaba-qizlar faol ishtirok etdilar. Oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Oʼtkazilgan webinar onlayn tarzda boʼlib oʼtdi.